Qur’oni karimning oxirg surasii“An-Nos” (Nos surasi 114)da shunday deyilgan.
(Ey, Muhammad) ayting: “Panoh tilab iltijo qilurman odamlar Parvardigoriga, odamlar Podshohiga…
Nos surasi 114:1-2
Alloh taolo qudratli va butun insoniyatning Podshohidir. Va har bir Shoh o’z Shohligiga ega bo’lishi kerak. Xudoning Shohligi qanday ko’rinishga ega? Kavsar surasi (108-sura “Mo’l”) bu savolga javobni o’z ichiga oladi:
(Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga Kavsarni ato etdik.
Kavsar surasi 108:1
Podshoh mo’l-ko’l ne’matlar bergani uchun, uning shohligi mo’l-ko’llikka to’lishi kerak. Lekin qanday mo’l-ko’lchilik? Bu ilm Zabur payg‘ambarlariga nozil qilingan.
Payg’ambar Ishayo (alayhissalom) bokira qizdan o’g’ilning dunyoga kelishini bashorat qilgan. Bu bashorat bir necha asrlar o’tib Iso Masih (alayhissalom) tug’ilishida amalga oshdi. Shu bilan birga, Zaburda tinchlik va farovonlik davri kelishi haqidagi bashoratlar ham mavjud.
Agar Isroil xalqi tarixi haqida gapiradigan bo’lsak, Alloh taolo tomonidan Quddusga birinchi podshoh etib tayinlangan payg’ambar va podshoh Dovud (alayhissalom)ni tilga olmaslik mumkin emas. Dovud va Sulaymon (alayhissalom)dan keyin podshohlarning ko‘pchiligi fosiq edilar. Bunday podshohlar davridagi hayot bugungi diktaturalardan unchalik farq qilmasdi. Urushlar, odamlar va butun xalqlar o’rtasida adovat bor edi – hamma narsa bizning dunyomizdagidek. Xuddi hozirgi kundagi kabi, boylar tomonidan kambag’allarning shavqatsiz ishlatilishi va poraho`rlik mavjud edi. O’lim va azob uqubatlar bor edi – hammasi bizning davrimizdagidek. Ammo Zabur payg’ambarlari yer yuzida yangi saltanat paydo bo’ladigan kun kelayotganini e’lon qildilar. Adolat, rahm-shafqat, sevgi va tinchlik saltanati. Ishayo payg’ambar (alayhissalom) bu saltanatda hayot qanday bo’lishini yorqin tasvirlab bergan.
Egamiz hukm qiladi xalqlarning orasida, Ajrim qiladi koʻp millatlar orasida. Qilichlarini aylantirishadi omochga, Nayzalarini esa tok qaychilariga. Qilich koʻtarmaydi bir–biriga xalqlar, Hech qachon jang qilmaydi ular. Ishayoning Isroil xalqiga murojaati .
Ishayo 2:4
Barcha urushlarning tugashi! Bugungi dunyo bundan yiroqdir. Nafaqat tinchlik,bundan tashqari, bashoratlar tabiatning yaxshilanishini ham bashorat qilmoqda.
Shunda boʻri qoʻzi bilan yashar, Sirtlon bilan uloqcha birga yotar, Buzoq, sher, boʻrdoqi birgadir, Yosh bola ularni yetaklab yurar. Sigir bilan ayiq birga oʻtlaydi, Bolalari ham birga yotadi, Sher hoʻkizga oʻxshab somon yeydi. Goʻdak qora ilon uyasi ustida oʻynar, Yosh bola qoʻlini ilon iniga suqar. Muqaddas togʻimning gir atrofida Ular zarar keltirmas yo chaqmas. Ha, suvlar toʻldirganiday dengizni, Yer yuzi toʻliq bilib oladi Egamizni.
Ishayo 11:6-9
Hozircha biz bunaqasini ko’rmadik. Va yana bir narsa: bashoratlar umr ko’rish davomiyligi va shaxsiy xavfsizlikning oshishi haqida gapiradi.
U yerda goʻdaklar oʻlmaydi, Biror qariya yoshini yashamay oʻtmaydi. Birontasi yuz yoshga kirib olamdan oʻtsa, U haqda: «Evoh, yosh ketdi», deb aytadilar. Yuzga yetmay oʻlganni laʼnati deb biladilar. Xalqim uylar qurib, oʻzlari oʻsha yerda yashaydi, Tokzorlar oʻtqazib, hosilini oʻzlari yeydi. Endi ular qurgan uylarda boshqalar yashamaydi, Ekkan daraxtlarining hosili boshqalarga nasib boʻlmaydi. Xalqimning umri chinor umriday uzoq boʻladi, Tanlagan xalqim oʻz qoʻllarining mahsulidan uzoq vaqt bahramand boʻladi. Ularning mehnati behuda ketmaydi, Nasllari baxtsizlikka mubtalo boʻlmaydi. Ular Men, Egasidan baraka topgan xalqdir, Ularning avlodiga ham Men baraka beraman. Menga yolvormaslaridan ham oldin Xalqimga javob beraman. Gapirayotgan paytining oʻzidayoq Ularga quloq tutaman. Boʻri bilan qoʻzichoq birga oʻtlab yuradi, Sher ham hoʻkiz kabi somon yeydi, Ilon esa tuproq yalaydi. Muqaddas togʻimning biron yerida Hech bir yovuzligu yomonlik qilinmaydi.” Egamizning kalomi shudir…
Ishayo 65:20-25
Xavfsizlik, tinchlik, ibodatga tezkor javoblar… Albatta, bu bashoratlar hali amalga oshmagan. Lekin ular aytilgan va yozilgan! Ko’pchilik, ehtimol, bu bashoratlarda qandaydir xatolik yuz bergan deb o’ylaydi. Ammo bir zum o’ylab ko’ring: bokira qiz va uning o’g’lining alomati toiliq ma’noda amalga oshdi – bu qolgan bashoratlar to’liq amalga oshishiga ishonch hosil qilmaydimi?
Xudoning Shohligi
Bir oz o’ylab ko’rsangiz, nega bu bashoratlarning barchasi haligacha amalga oshmaganligi aniq bo’ladi. Ular Xudoning Shohligi – odamlarning hayoti va ishlarida Xudoning hukmronligi kontekstida e’lon qilingan. Kelayotgan Shohlik haqidagi yana bir bashoratni o’qing
Ey Egam, jamiki yaratganlaring Senga shukur aytar, Jamiki taqvodorlaring Senga olqishlar kuylar. Saltanating shuhratini ular hikoya qilar, Sening qudrating haqida ular soʻylab yurar. Hammani qudratli ishlaringdan, Saltanating shuhratiyu dabdabasidan
xabardor qilar. Sening saltanating abadiy shohlikdir, Hukmronliging nasllar osha
Zabur 144:10-14
davom etar. Yiqilayotganlarga Egamiz tayanch boʻladi, Ikki bukilganlarning qaddini rostlaydi.
Bu podshoh va payg’ambar Dovud alayhissalomning miloddan avvalgi 1000-yillarda e’lon qilingan bashoratidir. Dovud va Zabur payg’ambarlari yashagan vaqt jadvalini ko’rish uchun bu havolaga qarang). Bashorat Xudoning Shohligi kuchga kiradigan kunni kutadi. Bu buyuk va ulug’vor Shohlik bo’ladi, lekin insoniy shohliklardan farqli o’laroq, u abadiy bo’ladi. Hozircha bu Shohlik er yuzida mavjud emas va shuning uchun tinchlik va farovonlik haqidagi boshqa barcha bashoratlar ham kelajakka ishora qiladi. Tinchlik faqat Xudoning Shohligi kelganida bo`ladi.
Doniyor (alayhissalom) Zaburning yana bir payg‘ambari bo‘lib, u miloddan avvalgi 550-yillarda isroilliklarni va’da qilingan yerdan quvib chiqarish paytida yashagan. U bu shohlik qanday kelishi haqida ko’p bashorat qilgan.
Doniyor alayhissalomning davri Zaburning boshqa payg’ambarlariga nisbatan
Bir kuni Doniyor (alayhissalom) Alloh tomonidan Bobil podshosiga yuborilgan tushlarni ta’bir qildi. Tushlar yer yuzida buyuk shohliklar qanday o’zgarishi haqida edi. Va bu Doniyor payg’ambar tomonidan berilgan talqindir.
Ey,shoh hazratlari, siz kabi buyuk hukmdorni dunyo hali koʻrmagan. Samoviy Xudo sizga saltanat, kuch–qudrat va shon–shuhrat ato qilgandir. U sizga yerda yashovchi barcha insonlarni, hatto dashtdagi yovvoyi hayvonlaru osmonda uchuvchi qushlarni tobe qilgan, ular ustidan hukmronligingizni mustahkam oʻrnatgan. Tilla bosh — sizsiz. Ammo sizdan keyin jahon sahnasiga boshqa buyuk bir shohlik chiqadi. Bu shohlik siznikidan zaifroq boʻladi. Soʻng haykalning bronza beli va sonlari bilan ifodalangan uchinchi shohlik hukmronlik qiladi. Undan keyin temirday qattiq toʻrtinchi shohlik boʻladi. Temir hamma narsani sindirib yoʻq qilganiday, oʻsha shohlik ham undan oldingi shohliklarni buzib, yoʻq qiladi. “Oʻsha shohlarning davrida Samoviy Xudo bitmas–tuganmas bir shohlik oʻrnatadi. Hech kim uni yenga olmaydi. Bu shohlik boshqa barcha shohliklarni yer bilan yakson qilib, oʻzi abadiy turadi. Togʻdan oʻz–oʻzidan dumalab tushib, temir, bronza, loy, kumush va oltinni parchalab tashlagan tosh oʻsha shohlikning ifodasidir. Buyuk Xudo sizga, ey shoh hazratlari, kelajakda sodir boʻladigan narsalarni ayon qildi. Siz koʻrgan tushingiz haqiqatan ham karomatli, taʼbiri esa roʻyirostdir.” Shoh Navuxadnazar Doniyorni taqdirlaydi…
Doniyor 2:37-45
Shohlik kichik narsadan – tog’dan uzilgan toshdan boshlanadi, lekin asta-sekin u butun dunyoni egallab oladi, deyiladi Dovud (a.s.)ning bashoratlarida. Nega Alloh o’z Shohligini sekin tiklayapti? Nega bu juda uzoq davom etadi? Nega hali kelmagan? Agar siz bu haqda o’ylayotgan bo’lsangiz, unda barcha shohliklar, u yoki bu tarzda, bir-biriga o`xshash:
- shoh
- xalq
- konstitutsiya yoki qonun
- Tabiat
Masalan, men Kanadada yashayman. Bu ham shohlik. Kanadaning o’z hukmdori bor – bugun bu Jastin Tryudo, saylangan bosh vazir. Kanadaning xalqi bor – men ulardan biriman; Uning o‘z konstitutsiyasi, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi qonuni bor. Kanadaning o’ziga xos tabiati bor. Mamlakat dunyoning ma’lum bir mintaqasida joylashgan bo’lib, uning jismoniy hajmi, iqlimi, tabiiy resurslari va boshqa narsalari bor. O’tmishdagi va hozirgi dunyoning barcha mamlakatlari va podshohliklarida bu to’rt elementning barchasi mavjud.
Siz va men bu Shohlikka taklif qilinganmiz
Xudoning Shohligi ham ushbu to’rtta elementga ega. Shohlik haqidagi bashoratlardan biz noyob Tabiat (buzilmas va ulug’vor) va uning Konstitutsiyasi (tinchlik, adolat, atrofdagi dunyo bilan uyg’unlik va boshqalar) bo’lishini bilib olamiz. Biroq, bunday Shohlikning mavjud bo’lish ehtimoli yuqorida aytib o’tilgan boshqa ikkita element – Podshoh va fuqarolarning mavjudligidan kelib chiqadi. Keyingi maqola shoh haqida bo’ladi. Shu bilan birga, o’zingizga savol bering: Xudo Shohligiga kirishni xohlaysizmi?. Ishayo payg‘ambar (alayhissalom) barcha odamlarni unga kirishga chaqiradi:
Egam aytar: “Ey tashna boʻlganlar! Hammangiz suvga kelinglar! Ey pulsizlar, keling, sotib olib, yenglar! Keling, sharobu sut sotib oling pulsiz, tekinga! Nima uchun pulingizni Qorin toʻygʻizmaydigan narsaga sarf qilasiz? Nima uchun ishlab topganingizni Qoniqtirmaydigan narsalarga sarf qilasiz? Eshiting, Menga quloq soling! Shunda aʼlo taomlarni yeysiz, Yogʻli taomlar yeb, maza qilasiz. Quloq soling, Menga keling, Tinglang, shunda yashaysiz. Dovudga vaʼda bergan sodiq sevgim haqi siz bilan abadiy ahd tuzaman. Egangiz yoningizda ekan, Unga intiling, U yaqiningizda ekan, Uni chaqiring!”
Ishayo 55:1-3,6
Alloh taolo barcha chanqaganlarni saltanatga kirishga chorlaydi, shundan so‘ng qadimgi podshoh Dovud (alayhissalom) ga yuborilgan muhabbat buyuk Podshohga tobe bo‘lganlarning hammasiga nasib etadi. Agar sizni biror joyga taklif qilishsa, demak siz hali u erda emassiz. Lekin Alloh taolo bizni O‘z Shohligiga da’vat etar ekan, u yerda bo‘lishimizni va abadiy dam olish maskanida yashashimizni xohlashi ham haqiqatdir. Bugungi kunga qadar bu qanday va qachon sodir bo’lishi haqida ko’plab savollar qolmoqda. Ammo bu haqda Zabur haqidagi keyingi maqolalarda gaplashamiz . Va endi biz bitta muhim savolga javob berishimiz mumkin: “Siz bu Shohlikka kirishni xohlaysizmi?”