Yuqorida aytib o’tganimizdek, Qur’on va Sunnatda Injil (Kitobni tashkil etuvchi Tavrot, Zabur va Injil) bizgacha o’zgarmagan va buzilmagan holda yetib kelganligi ta’kidlangan (bu yerga va bu yerga qarang). Qur’on Injil (al- Kitob) o’rnini egalladimi, degan savol ochiqligicha qolmoqda. Qur’on kelishi bilan al – Kitob bekor qilindimi? Qur’on bu haqda nima deydi?
Sizga (esa, ey, Muhammad,) o’zidan oldingi Kitob(lar)ni tasdiq etuvchi va u (kitoblar)ni muvofiqlashtiruvchi sifatida Kitob (Qur’on)ni haqiqatan nozil qildik. Bas, ular o’rtasida Alloh nozil etgan (oyatlar) bilan hukm qiling. Sizga kelgan haqiqatdan (chetlab), ularning havoyi (fikrlari)ga ergasha ko’rmang! Har bir (ummat) uchun (alohida) shariat va yo’l (ta’yin) qilib qo’ydik. Agar Alloh xohlasa edi, sizlarni bir ummat (bir xil shariatda) qilib qo’ygan bo’lur edi. Lekin, O’zi bergan narsa (shariatlar)da sizlarni sinash uchun (shunday qilmadi). Bas, xayrli (savobli) ishlarda bir-biringizdan o’zishga oshiqingiz! Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzuridir. O’shanda (U) sizlarga kelisholmay yurgan narsalaringiz xabarini berajak.
Moida surasi 5:48-oyat
U (Qur’on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo’lmish Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qur’on) arabiy lisondagi (oldingi ilohiy kitoblarni) tasdiqlovchi bir Kitobdir. U zolim (kofir) bo’lganlarni (oxirat azobidan) ogohlantirish va ezgulik qiluvchilarga (jannat haqida) bashorat sifatida (nozil qilingandir).
Ahqof surasi 46:12-oyat
Bu (Qur’on) bir muborak, o’zidan oldingi (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi, Ummulquro (deb atalmish Makka ahli)ni va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun Biz nozil qilgan Kitobdir.
An’om surasi 5:92-oyat
Bu (Qur’on) bir muborak, o’zidan oldingi (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi, Ummulquro* (deb atalmish Makka ahli)ni va uning atrofidagi kishilarni ogohlantirishingiz uchun Biz nozil qilgan Kitobdir.
Fotir surasi 35:31-oyat
Bu oyatlarning barchasi Injil (al-Kitob) haqidagi qadimgi ta’limotni hech kim bekor qilmaganini tasdiqlaydi. Boshqacha qilib aytganda, mo’minlar qadimgi vahiyni bir chetga surib, faqat eng yangisini o’rganishlari kerak, deyilmaydi. Aksincha, imonlilar yangi va qadimgi vahiylarni o’rganishlari va bilishlari kerak.
Bu vahiylar orasida farq yo’qligini tasdiqlovchi oyatlarda ham aytilgan. Mana ulardan ikkitasi:
Payg’ambar (Muhammad) o’ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga (oyatlarga) imon keltirdi va mo’minlar ham. (Ularning) har biri Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg’ambarlariga birortasini ajratmasdan (hammasiga) imon keltirdi. “Eshitdik va itoat etdik. Ey, Rabbimiz, mag’firatingni (so’raymiz). Sengagina qaytish (bor)”, – dedilar.
Baqara surasi, 2:285-oyat
Aytingiz (ey, mo’minlar) : “Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yo’qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg’mbarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik (ishondik). Biz ular o’rtasidan birortasini (payg’mbar emas deb) ajratib qo’ymaymiz va Unga (Allohga) bo’yinsunuvchilarmiz”.
Baqara surasi, 2:136-oyat
Birinchi oyatda aytilishicha, havoriylar o’rtasida hech qanday farq yo’q – ularning barchasi bizning e’tiborimizga loyiqdir. Ikkinchi oyatda aytilishicha, bashoratli vahiylar o’rtasida farq yo’q – ular istisnosiz hamma tomonidan qabul qilinishi kerak. Ko’rib turganingizdek, bu erda qadimgi vahiy yangisi bilan almashtirilganligi yoki shu sababli uni rad etish kerakligi haqida biron bir ishora yo’q.
Bu esa Iso Masih (alayhissalom) qilgan va aytgan so’zlariga juda mos keladi. Qadimgi Tavrot va Zabur vahiylari endi bekor qilinganini aytmadi. Aksincha, u ularning dolzarbligini qayta-qayta ta’kidladi. U Injilda Muso payg’ambar yozgan Tavrot haqida qanday ehtirom va e’tibor bilan gapirayotganiga e’tibor bering.
Meni, Tavrot yoki paygʻambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb oʻylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. Sizga chinini aytayin: yeru osmon yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Ammo Tavrotdagi na bir harf, na bir nuqta oʻchadi. Unda yozilgan hamma narsa amalga oshadi. Shu bois kim bu amrlarning eng kichigiga ham rioya qilmay, uni boshqalarga buzib oʻrgatsa, Osmon Shohligida eng kichik boʻladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib, boshqalarga oʻrgatsa, Osmon Shohligida buyuk boʻladi. Sizlarga aytib qoʻyay: agar sizlarning solihligingiz Tavrot tafsirchilari va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, sizlar hech qachon Osmon Shohligiga kirolmaysizlar.
Matto 5:17-20
Bundan tashqari, u o’z so’zlarini to’g’ri talqin qilish uchun Tavrot ta’limotlarini, keyin esa Zabur ta’limotlarini tushunish kerak, deb da’vo qiladi. Mana u shogirdlariga aytgan gaplari:
Keyin Musodan tortib, barcha Paygʻambarlar bitiklarida Oʻzi haqida yozilgan soʻzlarning hammasini Iso ularga tushuntirdi.
Luqo 24:27
Keyin Iso shogirdlariga dedi: — Sizlar bilan birga boʻlgan paytlarimda, Musoning Tavrot kitobida, Paygʻambarlar bitiklarida va Zaburda Men toʻgʻrimda yozilganlar bajo boʻlishi kerak, deb sizlarga aytgan edim.
Luqo 24:44
Iso al – Masih qadimgi vahiyni bekor qilmagan. Aksincha, uning ta’limot va ko‘rsatmalari doimo Tavrot va Zaburga asoslangan edi. Shuning uchun ham u Zotdan ibrat olishimiz va vahiy tadqiqimizni Tavrotning ilk sahifalaridan boshlashimiz kerak. Injilni tushunish uchun bizda ham asos bo’lsin.