Skip to content
Home » Tavrot Iso Masih haqida nima deydi ?

Tavrot Iso Masih haqida nima deydi ?

  • by

   Injilda aytilishicha, Iso Masihning xochga mixlanishi va tirilishi dunyoning boshidanoq Alloh taoloning azaliy rejasi bo’yicha sodir bo’lgan. Payg’ambar tirilishidan 50 kun o’tgach, havoriylarning boshlig’i Butrus o’zining ommaviy va’zida bu haqda gapirdi:

   “Xudo Oʻzining rejasi boʻyicha Isoni sizlarning qoʻlingizga topshirishni azaldan qaror qilgan edi. Sizlar esa gʻayriyahudiylarning qoʻllari bilan Uni xochga mixlatib oʻldirdingizlar. Ammo Xudo Uni tiriltirib, oʻlim azoblaridan ozod qildi. Oʻlim oʻz kuchi bilan Isoni ushlab turishga qodir emasdi.”

Havoriylar 2:23–24

   Uning vaʼzidan soʻng koʻp odamlar Xudoga ishondi va natijada najot xabari tezda yer yuzining barcha chekkalariga hech qanday toʻsqinliksiz tarqaldi. Najot haqidagi soʻzning bu qadar tez tarqalishiga Tavrot va Zabur paygʻambarlarining ushbu voqealardan bir necha asrlar oldin yozgan soʻzlari sabab boʻldi. Odamlar Butrusning so’zlarini payg’ambarlarning bashoratlari bilan solishtirdilar, haqiqatan ham Iso Masihning o’limi va tirilishi haqida Muqaddas Bitiklarda gapirilgan yoki yo’qligini tekshirdilar. Bu Muqaddas Bitiklar bugungi kunda ham buzilmagan holda mavjud. Butrus eʼlon qilganidek, hammasi Xudoning rejasi va azaliy qaroriga koʻra sodir boʻlganiga amin boʻlishimiz uchun bu bitiklarni oʻrganib chiqishimiz mumkin. Quyida oʻsha kuni Butrusning vaʼzini tinglovchilar Tavrotdagi Odam Ato va yaratilish tarixidan nimalarni topganlari haqida qisqacha maʼlumot berilgan. Injilda yozilishi boʻyicha, bu odamlar havoriyning so’zlari “haqiqat ekanini koʻrish uchun Muqaddas bitiklarni har kuni tadqiq etishardi” Havoriylar 17:11

  Havoriyning soʻzlari tinglovchilarga gʻalati, gʻayrioddiy tuyulgani uchun, ular Muqaddas Bitiklarni tahlil qilishdi. Odamlar oʻzlari uchun gʻalati yoki gʻayrioddiy tuyulgan narsalarni rad etishga moyillar. Bizning tabiatimiz shunday. Lekin ular bilardilarki, agar bu xabar haqiqatan ham Allohdan boʻlsa va ular bu xabarni rad etsalar, Goʻshiya surasida (88-sura Oʻrab oluvchi) tasvirlangan barcha ofatlarga duchor boʻlishadi.

  Illo, kimki (bu eslatmadan) yuz o’girib, kofir bo’lsa,

u holda, Alloh uni eng katta azob bilan azoblar.

Zero, qaytishlari yolg’iz O’zimizgadir!

So’ngra ularni hisob-kitob qilish ham faqat Bizning zimmamizdadir.

Goʻshiya surasi 88:23-26

  Bu xabar haqiqatan ham Allohdan ekanligiga ishonch hosil qilishning yoʻli bor edi – uni bashoratli yozuvlar bilan taqqoslash kerak edi. Shundagina Alloh taoloning kalomiga beparvolik oqibatlaridan oʻzimizni himoya qilishimiz mumkin. Agar biz ulardan oʻrnak olsak va Muqaddas Bitiklarga murojaat qilsak, donolik bilan ish tutgan boʻlamiz. Iso Masihning oʻlimi va tirilishi haqiqatan ham qadimgi paygʻambarlar tomonidan bashorat qilinganmi? Tavrotdan boshlaylik.

Tavrotda va Qur’onda Alloh taoloning kelajakni oldindan bilishi haqida

  Tavrotning dastlabki satrlaridanoq, Alloh Iso paygʻambar bilan nima sodir boʻlishini oldindan bilganligi ayon boʻladi. Toʻrtta muqaddas kitobda – Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼonda kundalik voqealar ketma-ketligi batafsil yoritilgan ikki hafta tasviri mavjud. Birinchi hafta – Alloh taolo tomonidan osmon va yerning olti kunda yaratilishidir. Bu haqda Tavrotning dastlabki ikki bobida rivoyat qilingan. Eʼtibor bering, Qurʼonda ham dunyoning olti kunda yaratilishi haqida soʻz boradi.

  “Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so’ngra Arsh uzra mustaviy bo’lgan, kunduzga tunni qoplatadigan – uni (ya’ni, tun kunni) shitob quviydi – quyosh, oy, yulduzlarni O’z amriga musaxxar (mute) qilib qo’ygan Allohdir. Ogoh bo’lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning Rabbi – Alloh barakotlidir.”

A’rof surasi 7:54

“U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi (barcha) narsalarni olti kunda yaratib, so’ngra Arsh uzra mustaviy bo’lgan zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida xabardor (bilimdon kishilar)dan so’rang!”

Furqon surasi 25:59

“Alloh osmonlar va Yerni hamda ularning o’rtasidagi bor narsani olti kunda yaratib, so’ngra Arsh uzra mustaviy bo’lgan zotdir. Sizlar uchun Undan o’zga biror do’st va oqlovchi yo’qdir. Axir eslatma olmaysizlarmi?!”

Sajda surasi 32:4

“Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o’rtasidagi (bor) narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetgani yo’q.”

Qof surasi 50:38

“U osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so’ngra Arsh o’zra mustaviy bo’lgan zotdir. U yerga kiradigan narsalarni ham, undan chiqadigan narsalarni ham, osmondan tushadigan narsalarni ham, unga (osmonga) ko’tariladigan (yaxshi amal va duolar kabi) narsalarni ham bilur. Sizlar qayerda bo’lsangizlar, U sizlar bilan birgadir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko’rib turuvchidir.”

Xadid surasi 57:4

  Kundalik tafsilotlarga ega boʻlgan soʻnggi ikki haftalik Masih hayotining soʻnggi voqealarini qamrab oladi. Butun dunyo tarixida bir haftalik hayoti bunchalik batafsil bayon qilinadigan boshqa paygʻambar yoʻq. Ibrohim, Muso, Dovud va Muhammad (alayhissalom)ning hayotlari ham bunday tafsilotlarga ega emas. Tavrotda Yaratilish оlti kunining to’liq ta’rifi bu yerda berilgan. Iso paygʻambar hayotidagi soʻnggi hafta voqealari avvalgi maqolalarda muhokama qilingan. Quyida keltirilgan jadvalda shu ikki haftaning kundalik tafsilotlari keltirilgan.

Hafta kuniYaratilishning olti kuniMasihning oxirgi haftasi
1-kunDunyoni zulmat qoplagan edi. Alloh taolo: “Nur bo‘lsin”, dedi, shunday bo‘ldi. Zulmatda nur porlaydi.Masih Quddusga kiradi va e’lon qiladi: “Men dunyoga yorug’lik bo’lib keldim …” Nur zulmatda porlaydi.
2-kunAlloh osmon bilan yerni ajratadi.Ibodat uyidan sotuvchilarni va sotib oluvchilarni haydab, Iso yerdagi va samoviy narsalarni ajratadi.
3-kunAllohning kalomi bilan dengizdan quruqlik ajralib chiqadi.Iso tog’larni ko’tarib, dengizga uloqtira oladigan imon haqida gapiradi.
 Alloh taolo: “Yer ko’kalamzor bersin”, dedi va shunday bo’ldi.Isoning so’zi bilan anjir daraxti quridi.
4-kunAlloh taolo aytadi: “Osmon gumbazida yoritqichlar bo’lsin” va osmonda quyosh, oy va yulduzlar paydo bo’ldi.Iso quyosh, oy va yulduzlar xiralashib, yorug’lik bermaganida erga qaytishi haqida gapiradi.
5-kunAlloh taolo havoda uchadigan jonzotlarni va sudralib yuruvchilarni – uchuvchi dinozavrlarni yoki boshqacha aytganda, ajdarlarni yaratadi.Buyuk ajdaho – shayton Masihni yo’q qilish uchun Yahudoga kiradi.
6-kunAlloh taoloning so’ziga ko’ra, yer hayvonlarni hosil qiladi.Ma’badda Fisih qo’zilari qurbonlik qilinadi.
 Rabbiy Odam Atoning burun teshigiga hayot nafasini pufladi va Odam Ato tirik jonga aylandi.Iso qattiq faryod qilib, jon berdi.” (Mark 15:37)
 Alloh taolo Odam alayhissalomni Adan bog’iga joylashtiradi.Iso O’z xohishi bilan Getsemaniya bog’iga boradi.
 Odam Ato yaxshilik va yomonlikni bilish daraxti va la’nat haqida ogohlantirish oladi.Iso daraxtga mixlangan va la’natlangan (Galatiyaliklar 3:13).
 Hayvonlar orasida Odam alayhissalom o‘ziga o‘xshaganini topmadi. Boshqa odamni yaratish kerak edi.Fisih qurbonligi uchun hayvonlar yetarli emas edi. Odam Atoga odam kerak edi. (Ibroniylar 10:4–5).
 Alloh taolo Odam alayhissalomga uyqu berdi.Iso o’limga uyquga ketdi.
 Alloh Odam Atoning bir tomonini ochib, Momo Havoni – uning kelinini yaratadi.Isoning yon tomoni nayza bilan teshilgan. O’zining qurbonligi orqali Iso kelinga ega bo’ladi – unga tegishli bo’lganlarning hammasiga (Vahiy 21:9).
7-kunAlloh taolo barcha amallaridan dam oldi va bu kunni muqaddas qildi.Iso Masih o’limda yotadi.

Bu ikki hafta bir-birini oynadagidek aks ettiradi. Ularning orasida o’xshashlik, mazmuniy yaqinlik mavjud. Ikki haftaning har biri yangi hayot tug’ilishiga, “ilk hosil” paydo bo’lishiga ega, ular ko’payish va yangi ijodni to’ldirishga tayyor. Odam Ato va Iso Masih to’la qarama-qarshi tabiatga ega odamlardir. Qur’onda Iso Masih va Odam Ato haqida shunday deyilgan:

“Albatta, Isoning (otasiz tug’ilish) misoli, Alloh nazdida bamisoli Odam (Ato) kabidirki, uni tuproqdan yaratib, so’ngra unga “Bo’l!” dedi, bas, (u) bo’ldi.”

Oli Imron surasi 3:59

Injil Odam alayhissalom haqida shunday deydi:

“Odam Ato keladigan Zotning timsoli boʻldi”

Rimliklar 5:14

Shuningdek:

“Oʻlim bir inson orqali dunyoga kirdi. Shunga oʻxshab, oʻliklarning tirilishi ham bir Inson orqali sodir boʻladi. Axir, bu dunyoga oʻlim Odam Ato tufayli kirib keldi, endi Iso Masih orqali hamma tiriladi.”

1 Korinfliklar 15:21–22

Odam Ato va Isoni solishtirib, ularning bir-biriga qarama-qarshi ekanligini koʻramiz. Alloh dunyoni olti kunda yaratishi kerakmidi? Bir zumda, bir buyruq bilan koinotni yarata olmasmidi? Nima uchun u dunyoni asta-sekin yaratdi? Alloh hech qachon charchamasa, nega ettinchi kuni dam oladi? Olloh dunyoni asta-sekin yaratdi, shunda yaratilishning birinchi haftasidagi bunyodkorlik harakatlari Iso Masihning yer yuzidagi oxirgi haftasining ramziy timsoli boʻlib xizmat qiladi. Bu maʼnoda oltinchi kun alohida ahamiyatga ega. Matnda ishlatilgan soʻzlarning oʻzi kelajakni bashorat qiladi. Iso Masihning oʻlimi haqida gapiruvchi Injil: “oʻldi”, deb aytmaydi, balki “jon berdi” deb aytadi. Bu ibora Alloh taolo “puflab jon ato etgan” Odam Atoning yaratilishi haqidagi hikoyaning aks-sadosidir. Bunday ramzlar Allohning kelajakni oldindan bilishini nazarda tutadi. Bu haqda Isoning tirilganidan keyin Butrus oʻzining vaʼzida eʼlon qilgan edi.

Tavrotdan keltirilgan qo’shimcha misollar

Tavrotda tasvirlangan bir qator voqealar, shuningdek, Alloh tomonidan oʻrnatilgan marosimlar Iso Masih paygʻambarning qurbon boʻlishi haqida bashorat qiladi. Ular bizga Allohning hamma narsani oldindan bilishini koʻrishimiz uchun berilgan. Ushbu taqdirni hal qiluvchi voqealarning baʼzilari yuqorida muhokama qilindi. Quyidagi jadvalda biz ularni Iso al- Masih paygʻambar tugʻilishidan 1000 yil oldin va xatto undan oldinroq yozilgan oʻsha buyuk alomatlarga havolalar bilan birga taqdim etamiz.

Tavrоt alomatlariMasihning keltiradigan qurbonligi haqidagi Allohning rejasini qanday ochib beradi?
Odam Atoning alomatiAlloh Odam alayhissalomni itoatsizlikda fosh qilib, (faqat)ayoldan tug’iladigan erkak avlod kelishini bashorat qildi. Bu avlod shaytonning boshini ezadi, lekin Uning O’zi yaralanadi.
Qobil va Hobilning alomatiO’lim – gunohdan poklanish uchun zaruriy shart edi. Qobil yerning hosilini (joni yo’q) qurbonlikka keltirdi, Hobil esa o’z suruvining to’ng’ichidan qurbon qildi. Alloh Hobilning qurbonligini qabul qildi. Bu Iso Masihning yaqinlashib kelayotgan qurbonligi haqidagi Allohning rejasini ko’rsatuvchi belgi edi.
Ibrohim alayhissalom qurbonligining alomatiIbrohim paygambar o’z o’g’lini qurbonlikka keltirmoqchi bo’lgan joy bir necha ming yillar o’tib Iso Masih payg’ambar qurbonlik qilingan joy ekanligini hisobga olsak, tasvir yanada to’laroq bo’ladi. Ibrohim payg’ambar bu qurbonlikni bashorat qilgan edi. Uning o’g’li o’limga mahkum edi, lekin oxirgi lahzada uning o’rniga qo’zichoq qurbonlik qilindi. Ibrohimning o‘g‘li najot topdi. Bu biz hayotga ega bo’lishimiz uchun O’zini qurbon qiladigan “Xudoning qo’zisi” – Iso Masihning suratidir.
Musoning alomati – FisihAllohning maqsadini ochib beruvchi navbatdagi belgi – Fisihdir. Bu kunda qo’zilar qurbon qilingan. Fir’avn qo’zini qurbon qilmadi va o’ldi. Isroilliklar qo’zilarni qurbon qilishdi va o’limdan qutulishdi. Yuzlab yillar o’tib Iso Masih taqvimning o’sha kuni – Fisihda qurbon qilindi.
Horunning alomatiHorun qurbonlik qilish uchun maxsus marosimlarni joriy qilgan. Gunoh qilgan isroillik hayvon qurbonlik qilishi va gunohdan poklanishi mumkin edi. O’lim gunohni tozalash uchun zaruriy shart edi. Faqat oliy ruhoniy butun xalq uchun qurbonlik keltirishi mumkin edi. Bu marosimlar majoziy ma’noda o’zini haqiqiy oliy ruhoniy sifatida qurbon qilgan Iso al Masihning o’limiga ishora qiladi.

Tavrot va Muso alayhissalom paygʻambar Iso Masihning kelishi haqida juda aniq gapirdilar. Shuning uchun aytiladiki:

“Qonun boʻlgʻusi xayr–barakalarning asl surati emas, bor–yoʻgʻi soyasidir. Har yili qonun boʻyicha Xudoga bir xil qurbonliklar keltiriladi. Demak, qonun bu qurbonliklar orqali Xudoga sajda qiluvchilarni kamolotga yetkaza olmaydi”

Ibroniylar 10:1

Iso Masih Uning qurbonligiga ishonmaganlarni ogohlantiradi:

«Men Otamning nomidan keldim, ammo sizlar Meni qabul qilmayapsizlar. Agar kimdir oʻz nomidan kelsa, uni qabul qilaverasizlar. Sizlar bir–biringizdan tahsinlar olishni yaxshi koʻrasizlar, lekin yagona Xudoning tahsiniga sazovor boʻlishga harakat qilmaysizlar. Qanday qilib ham Menga ishona olardingiz?! Men sizlarni Ota oldida ayblayman, deb oʻylamanglar. Sizlar Musoga umid bogʻlagansizlar. Musoning oʻzi sizlarni ayblaydi. Agar Musoga ishonganingizda edi, Menga ham ishongan boʻlar edingizlar. Axir, u Men haqimda yozgan edi. Musoning yozuvlariga ishonmagan boʻlsangiz, Mening soʻzlarimga qanday ishonasizlar?!”»

Yuhanno 5:43-47

Bundan tashqari, Iso O’z izdoshlariga nima uchun dunyoga kelganini tushunishlari uchun quyidagi so’zlarni aytdi:

“Keyin Iso shogirdlariga dedi:

— Sizlar bilan birga boʻlgan paytlarimda, Musoning Tavrot kitobida, Paygʻambarlar bitiklarida va Zaburda Men toʻgʻrimda yozilganlar bajo boʻlishi kerak, deb sizlarga aytgan edim.”

Luqo 24:44

Payg’ambarning so’zlariga ko’ra, U haqda nafaqat Tavrot, balki payg’ambarlar va Zabur guvohlik beradi. Bu haqda ko’proq ushbu maqolada muhokama qilinadi. Tavrot majoziy ma’noda Uning kelishiga ishora qilsa, payg’ambarlar Uning o’limi va tirilishi haqida ochiq-oydin va qayta-qayta gapirganlar.

Bu maqolada biz payg’ambar Iso Masih tomonidan va’da qilingan abadiy hayot in’omini qanday qabul qilish haqida gapiramiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *