Skip to content
Home » Qiyomat kuni: al – Masad, al-Hadid va Masih

Qiyomat kuni: al – Masad, al-Hadid va Masih

  • by

“Masad” surasi (111-sura Xurmo tolalari) qiyomat kuni “olovli alanga” haqida ogohlantiradi:

1.Abu Lahabning qo’llari qurisin (halok bo’lsin)! Halok bo’ldi ham. 2. Mol-mulki va kasb bilan topgan narsalari unga asqotmadi. 3. Yaqinda (u) olovda toblanajak. 4. Shuningdek, o’tin tashuvchi xotini ham. 5. Bo’ynida puxta eshilgan arqoni ham bo’lur.

Masad 111:1-5

111-sura o’sha kuni halok bo’lishimizdan ogohlantiradi. Hatto bizga yaqin bo’lgan ayolimiz ham qiyomat kuni olovli alangadan himoyalanmagan.

Bizning har bir sirimizni biluvchi Alloh bilan uchrashishga qandaydir  tayyorgarlik ko’ra olamizmi?

Hadid surasi (57-sura Temi) bizni sharmandali sirlarimiz zulmatidan nurga olib chiqish uchun oyat yuborgani aytiladi:

U zot sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun bandasiga ochiq-oydin oyatlarni nozil qilguvchidir. Albatta, Alloh sizlarga mehribon va rahmlidir..

Hadid 57:9

Umrini gunoh zulmatida o‘tkazganlar qiyomat kunida nur izlashlari haqida ogohlantiriladi:

13. U Kunda munofiq va munofiqalar imon keltirgan zotlarga: “Bizga qaranglar, biz ham sizlarning nuringizdan ozgina olib foydalanaylik”, – desalar, (ularga:) “Ortingizga qaytib nur istanglar”, – deyilur. So’ng ular (bilan mo’minlar) o’rtasida darvozali bir devor urilurki, uning ichida rahmat (jannat), tashqarisida esa azob (do’zax) bo’lur. 14. Ular (mo’minlarga) “Biz (dunyoda) sizlar bilan birga emasmidik”, – deb nido qilganlarida, (mo’minlar) derlar: “Ha, lekin sizlar o’zlaringizni fitnaga soldinglar va (bizlarga musibat yetishiga) ko’z tutdinglar hamda (dinimiz to’g’risida) shubhalandinglar va to Allohning amri (o’lim) kelgunicha xom xayollar sizlarni aldadi. Sizlarni Alloh haqida aldovchi (shayton) ham aldab qo’ydi”.  

Hadid 57:13-14

Va agar biz o’sha kuni yorug’likka loyiq bo’lmagan turmush tarzini olib borgan bo’lsak? Biz uchun umid bormi?

Payg’ambar Iso Masih bu kunda bizga yordam berish uchun er yuziga keldi. U gunoh zulmatida yashovchi kimsalar Allohning hukmi bilan mahrum bo’ladigan Nurning o’zi ekanligini aniq ko’rsatib beradi:

12 Iso yana xalqqa gapirib dedi: — Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, hech qachon zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega boʻladi. 13 Farziylar Isoning bu gapiga eʼtiroz bildirdilar: — Siz Oʻzingizga Oʻzingiz guvohlik beryapsiz. Bu guvohligingiz haqqoniy emas. 14 Iso shunday javob berdi: — Men Oʻzimga Oʻzim guvohlik bersam ham, guvohligim haqqoniydir. Chunki Men qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilaman. Sizlar esa Mening qayerdan kelib, qayerga ketayotganimni bilmaysizlar. 15 Sizlar insoniy oʻlchov bilan hukm qilasizlar. Men esa hech kimni hukm qilmayman. 16 Bordi–yu, Men hukm qilsam ham, hukmim haqqoniydir. Chunki Men Oʻzim emas, balki Meni yuborgan osmondagi Otam bilan birga hukm qilaman. 17 Oʻzlaringizning Tavrotingizda: “Ikki guvohning shahodati haqqoniydir”, deb yozilgan–ku. 18 Shunday ekan, bitta guvoh Menman, ikkinchisi Meni yuborgan Otadir. 19 Shunda ular Isodan: — Otangiz qayerda? — deb soʻradilar. U bunga javoban dedi: — Sizlar Meni ham, Otamni ham tanimaysizlar. Agar Meni taniganingizda edi, Otamni ham tanigan boʻlar edingizlar. 20 Bu soʻzlarni Iso Maʼbadda taʼlim berayotib, xayr–ehson qutisining oldida aytdi. Hech kim Uni qoʻlga olmadi, chunki Uning vaqt–soati hali kelmagan edi. 21 Iso ularga yana dedi: — Men ketyapman. Sizlar Meni qidirasizlar va gunohkor boʻlib oʻlasizlar. Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar. 22 — Nahotki U Oʻzini Oʻzi oʻldirsa? “Men boradigan joyga sizlar bora olmaysizlar”, deb aytyapti–ku, — deyishdi oʻzaro yahudiylar. 23 Iso ularga shunday dedi: — Sizlar bu dunyodansizlar, Men esa yuqoridanman. Sizlar bu olamga mansubsizlar, Men esa bu olamdan emasman. 24 Shuning uchun sizlarga: “Gunohkor boʻlib oʻlasizlar”, deb aytdim. Ha, agar Oʻsha Men ekanligimga ishonmasangizlar, gunohkor boʻlib oʻlasizlar. 25 — Siz kimsiz? — deb soʻrashdi Isodan. Iso shunday dedi: — Kimligimni sizlarga boshidan aytib kelyapman–ku! 26 Sizlarni ayblab aytadigan gapim juda koʻp. Lekin Meni Yuborgan haqdir, Men Undan nima eshitgan boʻlsam, oʻshani dunyoga maʼlum qilaman. 27 Ular esa Iso samoviy Otasi haqida gapirayotganini tushunmadilar. 28 Iso soʻzida davom etdi: — Inson Oʻgʻlini yuqoriga koʻtarganingizda, Oʻsha Men ekanligimni bilib olasizlar. Oʻshanda Men Oʻzimcha hech narsa qilmaganimni, faqat Otam oʻrgatgan narsalarni aytganimni tushunib olasizlar. 29 Meni Yuborgan doimo Men bilan birgadir. U Meni yolgʻiz tashlab ketmagan. Zero, Men har doim Unga maʼqul boʻlgan ishlarni qilaman. 30 Isoning aytgan gaplarini eshitgan koʻp odamlar Unga imon keltirdilar.

Yuhanno 8:12-30

Iso Masih (alayhissalom) “dunyoning nuri” sifatida o‘zini dunyoga namoyon qilda. Axir, Musoning Tavrat kitobi Uning kelishi va kuchini bashorat qilgan edi. Keyinchalik Zabur payg’ambarlari bashoratlarini Uning kelishi holatlari bilan to’ldirib, Uning e’lon qilingan qudratini tasdiqladilar. “Xudoning o’g’li” kim va  Masih “inson o’g’lining ko’taralishi”deganida nimani nazarda tutgan? “Hayot nuri”ni topish nimani anglatadi? Biz buni maqolalardan birida ko’rib chiqamiz. Sizni hozir tanishishga taklif qilamiz, Qiyomat kuni juda kech bo’ladi, chunki

15. Mana bugun sizlardan ham, (ey, munofiqlar,) kofir bo’lganlardan ham (azobdan qutulishlaringiz uchun) to’lov olinmas. Joylaringiz do’zaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! Naqadar yomon oqibat bu!

Hadid 57:15

Payg’ambar Iso Masih bu munosabat bilan o’z ta’limotlarini quyidagicha yakunladi:

31 Shu vaqt Iso Unga ishongan yahudiylarga dedi: — Agar Mening soʻzlarimga rioya qilsangizlar, haqiqiy shogirdlarim boʻlasizlar. 32 Sizlar haqiqatni bilib olasizlar, haqiqat esa sizlarni ozod qiladi. 33 Ular shunday deb javob berishdi: — Biz Ibrohim naslimiz. Hech qachon hech kimga qul boʻlmaganmiz. Qanday qilib Siz, “Ozod boʻlasizlar”, deb aytyapsiz? 34 Iso dedi: — Sizlarga chinini aytayin: gunoh qiluvchi har bir kishi gunohning qulidir. 35 Qul hech qachon xonadon aʼzosi boʻla olmaydi, oʻgʻil esa abadulabad oʻz xonadonining aʼzosidir. 36 Shunday ekan, agar Oʻgʻil sizlarni ozod qilsa, haqiqatan ozod boʻlasizlar. 37 Ibrohim nasli ekanligingizni bilaman. Biroq Mening jonimga qasd qilmoqchisizlar. Chunki Mening soʻzim qalbingizdan joy topmagan. 38 Men Otaning huzurida nima koʻrgan boʻlsam, oʻshani sizlarga aytyapman. Sizlar esa oʻz otangizdan oʻrganganingizni qilyapsizlar. 39 Ular Isoga shunday javob berdilar: — Bizning otamiz Ibrohimdir. Iso shunday dedi: — Agar Ibrohimning farzandlari boʻlganingizda edi, Ibrohimning qilgan ishlarini qilgan boʻlar edingizlar. 40 Men sizlarga Xudodan eshitgan haqiqatni soʻzlab berdim, xolos. Shunday boʻlsa–da, sizlar Meni oʻldirmoqchisizlar. Ibrohim bunday ish qilmagan. 41 Sizlar Ibrohimning emas, oʻz otangizning ishlarini qilyapsizlar. — Iye, biz zinodan tugʻilmaganmiz. Bizning bittayu bitta Otamiz — Xudoning Oʻzi–ku! — deb javob berishdi Isoga. 42 Iso ularga shunday dedi: — Agar Otangiz Xudo boʻlganda edi, Meni yaxshi koʻrgan boʻlar edingiz, chunki Men Xudodan kelib, endi shu yerda turibman. Men Oʻzimcha kelganim yoʻq, Meni U yubordi. 43 Nega aytganlarimni anglamayapsizlar?! Bunga sabab — soʻzlarimni hazm qila olmaganingiz. 44 Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar oʻz otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U hech qachon haqiqat tarafdori boʻlmagan, chunki unda haqiqat yoʻq. U yolgʻon soʻzlaganda, oʻziga xos soʻzlaydi. Chunki u yolgʻonchi, yolgʻonning otasidir. 45 Ammo Men haqiqatni gapirganim uchun Menga ishonmayapsizlar. 46 Qaysi biringiz Meni biron gunohda ayblay olasiz? Agarda haqiqatni gapirayotgan boʻlsam, nega Menga ishonmayapsizlar? 47 Kim Xudoga tegishli boʻlsa, Xudoning soʻzlariga quloq soladi. Sizlar esa Xudoga begona boʻlganingiz uchun quloq solmayapsizlar 48 Bunga javoban yahudiylar shunday dedilar: — Siz Samariyaliksiz–ku, Sizni jin uribdi, deb toʻgʻri aytgan ekanmiz! 49 Iso dedi: — Meni jin urgani yoʻq. Men osmondagi Otamni hurmat qilaman. Sizlar esa Meni beobroʻ qilyapsizlar. 50 Men Oʻzimga obroʻ orttirmoqchi emasman. Lekin obroʻyimni koʻtaradigan bor, Uning Oʻzi hukm qiladi. 51 Sizlarga chinini aytayin: kim Mening soʻzimga rioya qilsa, hech qachon oʻlim koʻrmaydi. 52 Shunda yahudiylar dedilar: — Sizni jin urganini endi aniq bilib oldik! Ibrohim oʻldi, paygʻambarlar ham oʻlib ketishgan. Siz esa: “Kim Mening soʻzimga rioya qilsa, hech qachon oʻlmaydi”, deyapsiz–a?! 53 Nahotki Siz vafot etgan otamiz Ibrohimdan ham ustun boʻlsangiz?! Paygʻambarlar ham oʻlib ketishgan–ku! Siz Oʻzingizni kim deb hisoblaysiz oʻzi?! 54 Iso shunday javob berdi: — Agar Men Oʻzimni Oʻzim maqtasam, maqtovlarim behudadir. Otamning Oʻzi Meni maqtaydi. Sizlar Uni Xudoyimiz deb ataysizlar, 55 aslida esa Uni tanimaysizlar. Men esa Uni bilaman. Agar, Uni bilmayman, desam, sizlarga oʻxshagan yolgʻonchi boʻlaman. Men Uni bilaman va Uning soʻziga rioya qilaman. 56 Otangiz Ibrohim kelgan kunimni kutib, xursand boʻlgan edi. Oʻsha kunni koʻrib, qattiq quvondi. 57 — Siz hali ellik yoshga toʻlmagan boʻlsangiz, qanday qilib Ibrohimni koʻrgansiz?! — deyishdi yahudiylar Unga. 58 Iso ularga shunday javob berdi: — Sizlarga chinini aytayin: Ibrohim tugʻilmasdan oldin Men bor boʻlganman. 59 Shunda Isoni toshboʻron qilmoqchi boʻldilar. Iso esa yashirincha Maʼbaddan chiqib ketdi.  

Yuhanno 8:31-59

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *