Muqaddas haftaning 4-kuni Iso Masih yerga qaytishidan oldin qanday voqealar bo’lishini bashorat qilgan edi. Injilda din peshvolari yana Unga qarshi fitna uyushtirishga kirishganlari bayon qilingan. Shayton bundan foydalanib, oʻz ashaddiy dushmani – paygʻambarni halok qilishga kirishadi. Muqaddas matnda shunday deyilgan:
Xamirturushsiz non bayramiga yaqin qolgan edi. Bu bayram Fisih deb atalardi. Bosh ruhoniylar va Tavrot tafsirchilari Isoni yashirincha oʻldirish uchun fursat poylab yurgan edilar, chunki ular xalqdan qoʻrqardilar. Shunda oʻn ikki havoriydan biri — Yahudo Ishqariyotning ichiga shayton kirib oldi. Yahudo bosh ruhoniylarning va Maʼbad mirshabboshilarining oldiga borib, Isoni qanday tutib berish toʻgʻrisida ular bilan gaplashdi. Ular juda xursand boʻlib, Yahudoga pul beradigan boʻldilar. Yahudo rozi boʻldi va Isoni xalqdan yashirincha ularning qoʻliga tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi.
Luqo 22:1–6
Koʻrib turganimizdek, shayton bu vaziyatdan foydalanib, Yahudoga kirdi. Yahudo esa paygʻambarga xiyonat qildi. Bu bizni ajablantirmasligi kerak. “Fotir” (35-sura Farishtalar) va “Yosin” (36-sura Yosin) suralarida shayton haqida shunday deyilgan:
Albatta, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U o’z firqasini (o’ziga ergashganlarni) do’zax ahli bo’lishga da’vat qilur.
Fotir surasi 35:6
Men sizlarga tavsiya qilib: “Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat (itoat) qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir.
Yosin surasi 36:60
Injilning oxirgi kitobida shaytonning majoziy tavsifi bor:
Shundan keyin samoda jang boshlandi. Mikoyil va uning farishtalari ajdarhoga qarshi chiqishdi. Ajdarho ham oʻzining farishtalari bilan Mikoyilga qarshi jang qildi. Ammo ajdarho talafot koʻrdi. Unga va uning farishtalariga endi samoda joy yoʻq edi. Ulkan ajdarho yerga uloqtirildi. Butun dunyoni aldagan bu almisoq ilon iblis va shayton deb atalgan. U oʻz farishtalari bilan yerga uloqtirildi.
Vahiy 12:7–9
Ashaddiy dushmanimiz shayton bu yerda o‘zining nayrangi bilan yer yuzidagi barcha xalqlarni aldaydigan ajdaho qiyofasida namoyon bo‘lgan. Hazrati Odam alayhissalom orqali berilgan Adan bog‘idagi bashoratga ko‘ra, Iso alayhissalomni yo‘q qilish uchun inson zotining dushmani Yahudoga kirgan. Injilda bu holat boʻyicha quyidagi soʻzlar bor:
“Oʻsha vaqtdan boshlab Yahudo Isoni tutib berish uchun qulay fursatni kuta boshladi”
Mattо 26:16
Ertasi kuni bu voqealardan 1500 yil oldin Muso (a.s.) payg’ambar tomonidan joriy qilingan Fisih bayrami bo’ldi. Qanday qilib shayton Fisih bayramida Yahudoga kirishga muvaffaq bo’ldi? Bu haqda bizning keyingi maqolamizda ma’lumot bor.
Beshinchi kunning qisqacha mazmuni
Vaqt jadvali shuni koʻrsatadiki, beshinchi kun shayton (ajdaho) oʻzining ashaddiy dushmani Iso paygʻambarga zarba berishga qaror qilgan.
Shayton – ajdaho Yahudo orqali Iso payg’ambarni o’ldirish uchun unga kirdi.