Skip to content
Home » 7-kun – Shanbadagi dam olish

7-kun – Shanbadagi dam olish

  • by

    Yahudiylarning Fisih bayramida Iso Masihga xiyonat qilindi va U xochga mixlandi. Zamonaviy davrda bu kun Muborak juma deb ataladi. Fisih bayrami payshanba kuni kechqurun, quyosh botgandan boshlab nishonlanadi va haftaning oltinchi kuni, juma kuni quyosh botgunga qadar davom etadi. Bu kunning oxirgi voqeasi – paygʻambarning dafn etilishi boʻldi. Injilda oʻsha kuni sodir boʻlgan voqealarga guvoh boʻlgan ayollar haqida gapirilgan.

   Jaliladan Iso bilan birga kelgan ayollar Yusufning orqasidan ergashib bordilar. Ular qabrni va Isoning jasadi qanday dafn qilinganini koʻrdilar. Ular uylariga qaytib borib, jasadga surtish uchun xushboʻy moylar va atirlar tayyorladilar. Shabbat kuni esa, qonunda buyurilganday, dam oldilar.

Luqo 23:55-56

 Ayollar paygʻambarning jasadini dafn qilmoqchi boʻlishdi, ammo ulgurishmadi, chunki – juma kuni quyosh botishi bilan shanba kuni boshlandi. Bu haftaning 7-kuni edi va yahudiylar bu kun dam olishlari shart edi. Tavrotning bu amri dunyoning yaratilishi bilan bogʻliq. Alloh taolo yer va osmonni 6 kunda yaratdi, yettinchi kun esa dam oldi. Tavrotda shunday aytiladi:

   Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi. Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo yettinchi kuni hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa kunlardan ajratdi.

Ibtido 2:1-3

   Ayollar Iso tanasini dafnga tayyorlashni istagan boʻlsalar ham, Tavrotga itoat qilib, dam oldilar.

Oliy ruhoniylar esa Shabbat qonunini buzdilar. Ularning Yahudiya hokimi bilan suhbati Injilda shunday tasvirlangan:

  Shabbat arafasining ertasiga bosh ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga yigʻilishib, dedilar:

— Hazrati oliylari, bir narsa esimizga tushib qoldi: oʻsha yolgʻonchi tirikligida: “Uch kundan keyin Men tirilaman”, degan edi. Shuning uchun buyruq bering: qabr uch kun qoʻriqlansin. Aks holda, Uning shogirdlari borib, jasadni oʻgʻirlab ketadilar–da, odamlarga: “U oʻlikdan tirildi” deb aytadilar. Bu yolgʻon birinchisidan ham battar boʻladi.

Pilat ularga dedi:

— Xoʻp, qoʻriqchilarni olib, qoʻlingizdan kelgancha, qabrni qoʻriqlanglar.

Ular borib, qabr toshiga muhr bosdilar va qabrni qoʻriqlay boshladilar.

Mattо 27:62-66

  Shabbat kuniga qaramay, bosh ruhoniylar paygʻambar qabriga qoʻriqchilar qoʻyilishini taʼminladilar. Paygʻambar Iso Masihning tanasi oʻlim holatida tinch yotardi, ayollar esa shanba kuni qonuniga muvofiq uyda tinch qoldilar. Vaqt jadvali shuni koʻrsatadiki, ularning dam olishlari dunyo yaratilishining 7-kuniga toʻgʻri keladi, Tavrotga koʻra, Alloh bu kunda Oʻz amallaridan dam olgan.

O’lim holati– Iso Masihning shanba kuni dam olishga rioya qilganidek

Bu tinchlik holati mislsiz qudrat namoyon boʻlishidan oldingi tanaffus edi. “Fajr” surasi (89-sura Tong) qorongʻu kechadan keyin tong otishini koʻrish naqadar ulugʻ neʼmat ekanligini eslatadi. Tong donolarga sirlarni ochib beradi.

  Qasamyod etaman tong (vaqti)ga,

O’n kecha”ga,

juft va toq (narsalar)ga

va o’tayotgan kechagaki, (albatta, kofirlar jazolanurlar)!

Mana shu (narsa)larda aql egasi uchun (yetarli) qasam bordir!

Fajr surasi 89:1-5

Ertasi kuni buyuk g’alabaga erishi’ldi. Batafsil muhokama shu yerda.

Keyingi kun tongi bizga nima olib kelishini keyingi maqolada koʻramiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *